Eron terma jamoasi bosh murabbiyi FIFA qattiq gapirdi
Eron terma jamoasi bosh murabbiyi Amir Galenoy jamoasi uchun yaratilgan sharoitlardan yana norozilik bildirdi. Uning taʼkidlashicha, 2026 yildgi jahon chempionati doirasida Eron boshqa ishtirokchilarga nisbatan noqulay holatga tushib qolgan.
Yangi Zelandiyaга qarshi 2:2 hisobidagi durangdan soʻng va Belgiyaга qarshi uchrashuv arafasida Galenoy musobaqa tashkilotiga oid eʼtirozlarini ochiq bayon etdi.
«Biz FIFAgа rasmiy shikoyat yozmaganmiz, faqat oʻz eʼtirozlarimizni bildirdik. Bizga kamida 24 soatlik tanaffus kerak edi, ammo 16 soat bilan cheklanib qoldik. Shuning uchun mashgʻulotni yarim yoʻlda toʻxtatishga majbur boʻldik. Bu cheklovlar tayyorgarligimizni ancha qiyinlashtirdi. FIFA va uning hurmatli prezidenti muammolarimizni engillashtirish uchun harakat qilayotganini bilaman, lekin hozircha amalda oʻzgarish sezilmadi», — dedi Galenoy.
Murabbiyning soʻzlariga koʻra, Eron delegatsiyasi musobaqa davomida maydondan tashqarida ham bir qator toʻsiqlarga duch kelgan.
«Muammolarimiz juda koʻp, ayniqsa maydondan tashqarida. Biz juda kech yetib keldik, yangi sharoitga moslashish uchun kamida ikki hafta vaqt kerak edi. Bundan tashqari, rahbarlarimiz va ommaviy axborot vositalari vakillariga jamoani toʻliq kuzatib borishga ruxsat berilmadi. Bu futbol ruhini susaytiradi. Bunday munosabat jahon chempionati maqomiga toʻgʻri kelmaydi. Siz jamoani taklif qilasiz, lekin uning shtabiga toʻliq ishlash imkonini bermaysizmi?» — deya taʼkidladi mutaxassis.
Galenoyning aytishicha, FIFA prezidenti Janni Infantino boshchiligidagi tashkilot Eron terma jamoasining logistika bilan bogʻliq muammolarini hal etishga urinган, ammo bu saʼy-harakatlar kutilgan natijani bermagan.
Maʼlumot uchun, 2026 yildgi jahon chempionati AQSh, Kanada va Meksika hududlarida oʻtmoqda. Eron terma jamoasining navbatdagi oʻyini Los-Anjeles shahrida Belgiyaга qarshi boʻlib oʻtadi.

Fikrlar