Ertangi uchrashuvda "Neftchi" moviy, "Bunyodkor" ko‘k rangli libosda maydonga tushadi
Ertaga O‘zbekiston Superligasi 3-turi doirasida Farg‘onaning "Neftchi" klubi o‘z maydonida "Bunyodkor"ni qabul qiladi. Bugun mazkur o‘yin oldidan "Istiqlol" stadionining majlislar zalida har ikkala klub rasmiylari ishtirokida an’anaga ko‘ra yig‘ilish o‘tkazildi. Bu haqda "Neftchi" matbuot xizmati xabar bermoqda.
Ushbu yig‘ilishni PFL vakillari S.Ermatov va Sh.Rajabovlar olib borishdi
Unda ertaga bo‘lajak uchrashuvdagi tashkiliy masalalar ko‘rib chiqildi va bajarilishi zarur bo‘lgan masalalar belgilab olindi.
Yig‘ilish so‘nggida ertangi “Neftchi” - "Bunyodkor" uchrashuvida jamoalar qanday liboslarda maydonga tushishi haqida ham o‘zaro kelishib olindi.
Demak, ertaga “Neftchi” futbolchilari moviy rangli liboslarda maydonga tushadi. “Bunyodkor” jamoasi futbolchilari esa to‘q ko‘k rangli liboslarda maydonda xarakatlanadilar.
Eslatib o‘tamiz, “Neftchi” - "Bunyodkor" uchrashuvi ertaga markaziy “Istiqlol” stadionida soat 18:00 da boshlanadi.
Uchrashuvdan avval esa xush ovoz xonandalar ijrosida madaniy va badiiy kontsert dasturi bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar