“Eski do‘stlar”: O‘zbekiston va Eron terma jamoalarining o‘zaro so‘nggi 10 o‘yinda qayd etgan statistikasi bilan tanishing
Bugun Fabio Kannavaro boshchiligidagi O‘zbekiston milliy terma jamoasi “Al Ain International Cup” finalida Eron terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi. So‘nggi yillarda bu ikki jamoa turli musobaqalarda bir necha bor to‘qnash kelgan.
So‘nggi 10 uchrashuv natijalariga nazar tashlasak, faqat 1 marta O‘zbekiston g‘alaba qozongan, 5 o‘yinda Eron ustun kelgan, qolgan 4 bahsda esa durang qayd etilgan.
O‘zaro so‘nggi 10 o‘yin natijalari:
2025 yil, CAFA
Eron 0:1 O‘zbekiston
2025 yil, JCh saralashi
O‘zbekiston 2:2 Eron
2024 yil, JCh saralashi
Eron 0:0 O‘zbekiston
2023 yil, JCh saralashi
O‘zbekiston 0:2 Eron
2023 yil, CAFA
Eron 1:0 O‘zbekiston
2020 yil, O‘rtoqlik uchrashuvi
Eron 2:1 O‘zbekiston
2018 yil, O‘rtoqlik uchrashuvi
Eron 1:0 O‘zbekiston
2018 yil, O‘rtoqlik uchrashuvi
O‘zbekiston 0:1 Eron
2017 yil, JCh saralashi
O‘zbekiston 0:1 Eron
Ma’lumot uchun, ular o‘rtasidagi navbatdagi bellashuv bugun soat 21:00'da start oladi.



Fikrlar