Everton PSJ sardoriga shartnoma taklif qilmoqda, ammo u bunga ko‘narmikin?

  • 15.06.2020 22:59
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

«Everton» rahbariyati PSJ himoyachisi Tyago Silva bilan muzokaralar olib borishda davom etmoqda.

«Irislar» braziliyalik 35 yoshli futbolchiga keyinchalik yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati bilan 2021 yilning yoziga qadar shartnoma taklif qilganlar.

Jurnalist Nikolo Skira taqdim etgan ma’lumotlarga qaraganda, Silvaning o‘zi to‘laqonli 2 yillik shartnomaga ega bo‘lishni istamoqda. Hozircha tomonlar bir to‘xtamga kela olmayaptilar.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!