
Evra: Ronaldu va Beyl 99 foizga "MYu"da edi
"Men Fergyusondan hayratlanarli gaplarni juda ko‘p eshitganman. Esimda, u iste’foga chiqishini ma’lum qilishidan 2 hafta avval OAVda bu xabarlar paydo bo‘lgan edi. Shunda u, "Patris, men hech qachon iste’foga chiqmayman. Men yana 10 yil shu erda qolmoqchiman", degan edi. Ishontirib aytamanki, uning niyati jiddiy edi. Aynan 2013 yilda u menga aytgandi, "Chempionlar Ligasini yana yutish uchun menga Ronaldu va Beyl kerak". Ronalduning o‘zidan bu haqida so‘raganimda u qaytishga tayyorligini aytgandi. Hammasi 99 foizga hal edi.
Ammo bir kuni u barchamizni kiyinish xonasiga to‘pladi. Biz u erga kirganimizda juda ko‘p kameralar suratga olib turar edi. Fergi: "Yigitlar, meni kechiring. Ba’zi odamlar hali o‘zim aytmasimdanoq iste’fo berishim haqida gapirib qolishdi. Shuning uchun ham ushbu kameralarni ko‘rmoqdasiz. Rafiqam menga muhtojligi uchungina iste’foga chiqyapman", dedi. U ayniqsa Van Persi va Kagavadan uzr so‘radi. Chunki ularni yaqindagina o‘zi olib kelgandi.
Fikrlar