"Evro-2020"da qaysi chempionat futbolchilari eng ko‘p?

  • 08.06.2021 12:45
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hademay, Evropa chempionatiga ham start beriladi. Ko‘hna qit’aning eng nufuzli musobaqasida qaysi chempionat futbolchilari ko‘pchilikni tashkil etishi ma’lum bo‘ldi.

Unga ko‘ra, “Evro-2020”da ishtirok etadigan eng ko‘p futbolchi Angliya premer-ligasi klublarida o‘ynaydi – 118 ta. Bu borada keyingi o‘rinlarni Bundesliga (90), A Seriya (70), La Liga (39) va RPL (32) egalladi.

Pandemiya tufayli 2020 yilda o‘tkazilmagan Evropa chempionati joriy yilning 11 iyunidan 11 iyuliga qadar bo‘lib o‘tadi. O‘yinlar 11 ta shahardagi 11 ta stadionda o‘tkaziladi.

“Evro-2020”ning ilk uchrashuvi 11 iyun kuni Rimdagi “Olimpiko” stadionida Italiya va Turkiya terma jamoalari o‘rtasida bo‘ladi.

Quyida Evropa chempionatida ishtirok etadigan barcha terma jamoalar tarkibi bilan tanishib olishingiz mumkin >>>

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!