Bir vunderkindni oltita grand talashmoqda
Dortmundning “Borussiya” klubi hujumchisi Yussuf Mukoko birdaniga oltita grand klub nishoniga tushdi.
Taniqli jurnalist Nikolo Skira 17 yoshli futbolchiga “Chelsi”, “Manchester Yunayted”, “Barselona”, PSJ, “Manchester Siti” va “Liverpul” xaridor bo‘layotganini ma’lum qildi.
Mukokoning amaldagi shartnomasi mavsum oxirida yakunlanadi. Dortmundliklar Yussuf bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Biroq futbolchi va uning agentlari grand klublar katta maosh taklif qilishini yaxshi bilgani uchun "Borussiya" chorlovini qabul qilmayapti.
Yussuf Mukoko joriy mavsumda Bundesligada 13 ta uchrashuvda qatnashib, oltita gol va uchta assist qayd etdi. Yosh hujumchi Germaniya terma jamoasi safida jahon chempionatida ishtirok etadi.

Fikrlar