
Evropada restartdan so‘ng mag‘lub bo‘lmagan faqat bir jamoa qoldi
Koronavirus pandemiyasi tufayli joriy yilning mart oyida Evropaning deyarli barcha milliy chempionatlari to‘xtatildi va ularning aksariyati faqat yozga kelibgina davom ettirildi.
O‘sha restartdan buyon ko‘hna qit’ada faqatgina bir jamoa shu kungacha mag‘lubiyat nimaligini bilmay kelmoqda. Bu “Milan” klubidir. Ushbu ro‘yxatda Madrid derbisida “Real”ga mag‘lub bo‘lgan “Atletiko” ham bor edi. Ammo “matraschilar” hamshaharlariga 0:2 hisobida yutqazib qo‘ydi.
“Milan” ayni damda Italiya A Seriyasida 27 ochko bilan 1-o‘rinda bormoqda.
Fikrlar