Evropaning mashhur klubi Masharipov hujum chizig‘ini kuchaytirishini kutyapti

  • 10 avgust, 2023, 23:58
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 1
  • Futbol
BEPUL PROPAN

Turkiya Superligasi klublari transfer bozorida faol ishtirok etmoqda. Mamlakat futbol federatsiyasi turkiy davlatlar futbolchilarini mahalliy o‘yinchilar maqomida bo‘lishini e’lon qilganidan keyin turk klublari o‘zbekistonlik charm to‘p ustalariga ham e’tibor qaratishni kuchaytirdi.

masharipov-uzb

O‘tgan mavsumda Superligada O‘zbekiston milliy terma jamoasining yagona vakili – Otabek Shukurov “Fatih Karagyumryuk” klubida o‘ynagan bo‘lsa, yaqinda “Rizespor” markaziy himoyachi Husniddin Aliqulovni o‘z tarkibiga qo‘shib oldi.

Endi turk matbuoti mamlakatning eng mashhur klublaridan “Trabzonspor” Jaloliddin Masharipovni nishonga olgani haqida yoza boshladi.

Nufuzli manbalardan biri – www.mansettespor.com saytining yozishicha, bir oy muqaddam  “Sautgempton”dan transfer qilingan xorvatiyalik chap qanot hujumkor futbolchisi Mislav Orshichning og‘ir jarohat olgani klubning transfer siyosatini tubdan o‘zgartirib yubordi.

Bosh murabbiy Nenad Belitsa aynan Orshichning o‘rniga yangi o‘yinchi olib kelish muhimligini ta’kidladi. Uning talabiga ko‘ra, bu pozitsiyaga mos charm to‘p ustasini qidirayotgan “Trabzonspor” mutasaddilari chap qanotdan hujumchi qo‘llab-quvvatlab turishga qodir o‘yinchi sifatida O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Jaloliddin Masharipovni tanlagan.

Jaloliddin Masharipov o‘tgan mavsumni Saudiya Arabistoni chempionatida “An-Nasr” jamoasi safida o‘tkazdi. Turk matbuoti o‘zbek futbolchisi Osiyo futboliga ko‘chib o‘tgan Krishtianu Ronalduga 7-raqamni berganiga va portugaliyalik yulduz bilan bir jamoada to‘p tepaniga ham alohida urg‘u qaratyapti.   

  64125881_2

Jaloliddin Masharipov “An-Nasr”ni tark etishi mumkinligi va voqealar rivoji ana shunday natija bilan tugasa, o‘zbek futbolchisi “Trabzonspor”ning asosiy transfer nishoniga aylanishi haqida Turkiyaning “Karadeniz” gazetasi ham yozdi.

Manbalarning ta’kidlashicha,  “Trabzonspor” murabbiylar shtabi Jaloliddin Masharipov uzoq muddatga safdan chiqqan Mislav Orshichning o‘rnini bosish bilan bir qatorda jamoaning hujumkorligini sezilarli darajada kuchaytirishiga ishonch bildirmoqda.

Qolaversa, turk futboli tahlilchilari o‘zbek futbolchisining universallik qobiliyati, hujum chizig‘idagi nostandart va samarali o‘yin uslubi “Trabzonspor” qo‘llayotgan taktik sxemalarga to‘liq mos kelishini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, Masharipov O‘zbekiston vakili sifatida Turkiya chempionatida legioner hisoblanmasligi ham uning transferida muhim omil bo‘lishi aytilyapti. Bu “Trabzonspor”ga legionerlar kvotasidan unumli foydalanib, tarkibga boshqa xorijlik o‘yinchilarni jalb etish imkonini beradi.

Eslatib o‘tamiz, “Trabzonspor” bundan uch yil muqaddam Jaloliddin Masharipov “Paxtakor”da o‘ynab yurgan kezlari uni o‘z safiga qo‘shib olishga urinib ko‘rgan.

712aa081b506676a3160840dddae6754

Biroq, o‘shanda Toshkent klubi o‘z etakchi o‘yinchi uchun 6 million evro badal puli talab qilgani bu transferning amalga oshirilishiga to‘sqinlik qilgan edi.

Rossiya uchun O‘zbekiston terma jamoasi bilan o‘ynash qiziq!

Shomurodovning ustozi kelajagi haqida hech kim kutmagan muhim gap aytdi!

Frantsiya chempionati boshlanmoqda. Abduqodir Husanovni nimalar kutyapti va u kurashga tayyormi?

Rossiyada Fayzullaevni maqtayotganlar ko‘p, lekin ayrimlarga bu transfer yoqmayapti!

Shomurodov: Messiga hech qanday aloqam yo‘q! (foto)

Legionerimiz o‘ziga joy tanladi!

“Kalyari” etakchi futbolchisi Shomurodov haqida nima dedi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Mavlonov Husan
09/08/2023 22:46
Ўтгани яхши