Yevropaning to‘rtta grandi "Tottenxem" himoyachisini nishonga oldi

  • 23.01.2026 18:27
  • Улуғбек Хошимов
  • 0
  • Futbol

"Tottenxem" markaziy himoyachisi Mikki dan de Ven faoliyatini grand klublardan birida davom ettirishi mumkin.

Xabarlarga ko‘ra, "shporlar" himoyachisi Mikki van de Ven yaqin kelajakda klubini almashtirishi mumkin. "Tottenxem" 24 yoshli futbolchini kamida 115 million yevro talab qilishi kutilmoqda. Manbada yozilishicha, niderlandiyalik himoyachi uchun Madriddning "Real", Myunxenning "Bavariya" shuningdek APLning ikki klubi "Manchester Yunayted" hamda "Liverpul" klublari kurash olib borishi mumkin. Himoyachi London klubi bilan shartnoma uzaytirishni istamayapti. U o‘zini yangi jamoada sinab ko‘rishni maqsad qilgan. "Transfermarkt" portali futbolchini 65 million yevroga baholagan.

Ma’lumot uchun, Van de Ven joriy mavsumda, 29ta uchrashuvda maydonga tushib, 6ta gol urdi va bitta golli uzatmani o‘z nomiga yozdirib qo‘ydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!