
Fabritsio Romano: Mane "An-Nasr" futbolchisi
"An-Nasr" "Bavariya"dan Sadio Maneni sotib olishga yaqin turibdi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Jurnalistning so‘zlariga ko‘ra, senagallik vingerning tashrifi Saudiya klubiga 37 million evroga tushadi. Tomonlar og‘zaki tarzda kelishuvga erishib oldi. Tez orada futbolchining "An-Nasr" bilan tuzilgan shartnomasi ma’lum bo‘ladi.
Mish-mishlarga ko‘ra, ayni payt riyodliklar Manedan tashqari Erik Bayini ham o‘z tarkibiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda.
Fikrlar