FAKT! "Surxon" hech qachon Termizda "Mash’al"ga mag‘lub bo‘lmagan
Bugun Coca Cola Superligasi 4-tur uchrashuvlari davom ettiriladi. Termizda "Surxon" Muborakning "Mash’al" jamoasini qabul qiladi. O‘yin oldidan termizliklar matbuot xizmati uchrashuvga oid ma’lumotlarni taqdim etdi.
Shu kungacha ushbu jamoalar elitada 10 bora to‘qnash kelgan. Shularning 2 tasida "Surxon" jamoasining qo‘li baland kelgan bo‘lsa, 5 o‘yinda "gazchilar" g‘alabaga erishgan va 3 bora o‘zaro durang qayd etishgan. Ammo "Surxon" hech qachon Termizda "Mash’al"ga mag‘lub bo‘lmagan.
Ushbu jamoalarning o‘zaro o‘yinlar tarixi:
27.05.1995 "ASK" - "Mash’al" 4-2
09.09.1995 "Mash’al - "ASK" 2-1
27.05.1996 "ASK" - "Mash’al" 0-0
30.09.1996 "Mash’al - "ASK" 1-0
04.05.2002 "Mash’al - "Surxon" 2-1
21.09.2002 "Surxon" - "Mash’al" 2-2
03.06.2003 "Surxon" - "Mash’al" 1-1
28.08.2003 "Mash’al - "Surxon" 2-0
23.05.2004 "Mash’al - "Surxon" 1-0
12.09.2004 "Surxon" - "Mash’al" 3-1

Fikrlar