Faqat o‘zini o‘ylaydigan futbolchi bizga kerak emas
"Bavariya" "Manchester Yunayted" hujumchisi Krishtianu Ronalduni sotib olmoqchi emas.
"Sport1" nashri bergan xabarga ko‘ra, portugaliyalikning vakillari uning xizmatlarini Myunxen klubiga taklif qilgan. Sababi, Ronaldu MYudagi holatidan norozi va kelasi mavsum sovrinlar uchun kurashishni istaydi. Biroq nemis jamoasi rahbariyati bu variantdan tezda voz kechdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Krishtianuning "Bavariya"ga o‘tishi maoshlar tizimiga salbiy ta’sir o‘tkazadi. Shuningdek, Nagelsmann o‘z manfaatlarini jamoanikidan ustun qo‘yadigan futbolchiga ega bo‘lishni istamaydi.

Fikrlar