Farhod Bekmurotov: "Mag‘lubiyatga men aybdorman, hammadan uzr so‘rayman"

  • 6 may, 2023, 11:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Andijon” jamoamiz Superliganing 9-turida “So‘g‘diyona”ga qarshi uchrashuvda alamli tarzda 1:2 hisobida mag‘lubiyatga uchradi.

Tecno

Jamoamiz hisobda oldinda borayotgan mahalda bellashuvning 66-daqiqasida Farhod Bekmurotov ikkinchi sariq kartochka tufayli maydondan chetlatildi. Yakunda esa “So‘g‘diyona” ikkita gol urgan holda g‘alabani ilib ketdi.

Maydondan chetlatilgan Bekmurotov shunday dedi:

“Murabbiylardan, jamoadoshlarimdan va stadionda bizni qo‘llab-quvvatlab turgan ashaddiy muxlislarimizdan uzr so‘rayman.

Murabbiylarimiz tanaffus paytida sekinroq o‘ynashimni ta’kidlagandilar. Mag‘lubiyatga men aybdorman, hammadan uzr so‘rayman”, - dedi Bekmurotov.

“Andijon” matbuot xizmati.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!