Farruh Sayfiev: "Paxtakor"ga moslashib bo‘ldim
Chempionlik uchun kurash olib borayotgan "Paxtakor" bu tur o‘z maydonida "Buxoro"ni qabul qildi. Mazkur bellashuvda mezbonlar 2:1 hisobida zafar quchishdi.
Uchrashuvdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida "sherlar" himoyachisi Farruh Sayfiev o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Bugun ko‘plab vaziyatlar yaratdik. Raqibdan bir bosh ustun edik. Agar vaziyatlardan unumli foydalanganimizda yirik hisobda yutardik. Uch ochko qo‘lga kiritdik. Muxlislarimizni tabriklaymiz.
"Paxtakor"ga moslashish jarayonim yakuniga etib bo‘lgan. O‘zimni jamoada juda yaxshi his qilyapman", - dedi

Fikrlar