
Fati La Ligada noyob rekord o‘rnatdi
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Ansu Fati o‘z ismini Ispaniya chempionati tarixiga yozdirib qo‘ydi.
Aniqrog‘i, 17 yosh 94 kunlik bo‘lgan Fati La Ligada dubl qayd etgan eng yosh futbolchiga aylandi.
Ta’kidlash kerakki, bungacha ushbu rekord "Betis" futbolchisi Xuanmiga tegishli edi. U 2010 yil "Real Sosedad"ga qarshi o‘yinda 2 ta golga mualliflik qilganji. O‘shanda u 17 yosh 115 kunlik edi.
Fikrlar