Fayzullaev kelajakni kutishni istamadi!
Bugungi kunda Rossiya Premer-ligasining aksariyat muxlisu mutaxassislari, murabbiylari TsSKAdagi o‘zbek legioneri Abbosbek Fayzullaevning faoliyatini katta qiziqish bilan kuzatib boryapti.
Rossiya futbolini yoritib kelayotgan https://football24.ru sayti hujumkor futbolchimizning faoliyatiga nazar tashlab, Fayzullaevning bir o‘zi salohiyat bobida “Spartak”ning yulduz hujumchilaridan kuchliroq ekanini sharhlab berdi.
Sports.uz portali o‘zbekistonlik futbol ishqibozlari e’tiboriga ushbu tahliliy maqolani havola etadi.
Birinchi qism:
Hamma Rossiya Premer-ligasining eng yorqin yulduzi “Spartak” Ispaniyadan 7 million evroga olib kelgan Teo Bongonda bo‘lishini kutganmidi?
Unday bo‘lib chiqmadi. Atigi 500 ming evroga transfer qilingan o‘zbek futbolchisi rossiyalik muxlislarni aqldan ozdirib qo‘ydi.
Ikki oy ichida Abbos bir yarim million evroga qimmatladi. Hozir uning narxi 500 ming emas, 2 million evro!
TsSKA selektsionarlari arzon narxga haqiqiy xazinani topdi, bu o‘yinchi Rossiya maydonlarida nom taratish bilan birga hali kelajakda Evropaga ko‘chib o‘tish orqali klubga daromad ham keltiradi.
Abbos kim o‘zi?
Fayzullaev chempionatimizga shiddat bilan yorim keldi. “Armiyachilar” uni Toshkentning “Paxtakor”idan oldi. O‘smirligidanoq bu bola uzoqqa borishi yaqqol ko‘rinib turardi. Klub akademiyasida o‘ynab yurgan kezlaridanoq O‘Zbekistonning o‘smirlar va yoshlar terma jamoalariga chaqirtirilar edi.
Ikki yil ichida Abbosbek “Paxtakor”ning asosiy tarkibidagi joyini mustahkamladi va milliy terma jamoada debyut qildi. 2022 yili “O‘zbekistonning eng yaxshi yosh futbolchisi” sovriniga loyoiq topildi.
“Paxtakor” iste’dodli tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashgisi kelmadi. Toshkent klubi yosh futbolchining iltimosini erda qoldirmay uni Moskvaga qo‘yib yuborgani uchun tasanno. Shunga qaramay, “Paxtakor” bosh direktori Dmitriy Adisman Fayzullaevning yangi jamoada o‘ynab ketishidan ozgina shubhalangan edi.
U o‘zbek futbolchisi o‘zi o‘ynaydigan pozitsiyaga uchinchi futbolchi bo‘lishini aytgandi. Qisqa fursatdan keyin Abbosbek butun Premer-ligada o‘z pozitsiyasida birinchi raqamli o‘yinchiga aylandi.
Fayzullaev kelajakni kutishni istamadi!
Xavotir haqiqatan bor edi. Chunki TsSKAda Chalov-Zabolotniy-Oblyakovdan iborat hujum uchligi shakllanib bo‘lgandi. Muxin ham hujumkor trioga muvaffaqiyatli qo‘shilib ketdi va gol ura boshladi. O‘zbek futbolchisi kelajakni ko‘zlab, rotatsiya uchun olingan edi. Biroq Fayzullaev kelajakni kutishni ismadi va tezda hammasini hal qilishga kirishdi.
Boshida Fayzullaevga o‘zini ko‘rsatish ancha qiyin bo‘ldi “Dinamo” va “Orenburg” bilan bo‘lgan o‘yinlarda mos tarza uch va o‘n daqiqa o‘ynadi. Keyin “Krilya Sovetov” bilan to‘qnashuvda imkoniyatini namoyish qila oldi. Agar o‘zbek legioneri bo‘lmaganida samaraliklar “armiyachilar”ni er bilan bitta qilgan bo‘lardi.
“Krilya Sovetov” himoyachilari TsSKAning yangi o‘yinchisi qarshisida hech narsa qila olmadi. Chalovga uzatgan pasi – zargarona! Gol urishi ham mumkin edi, samaraliklarni to‘sin qutqarib qoldi. O‘yindan keyin Fayzullaev asosiy tarkibning alishtirib bo‘lmas o‘yinchisiga aylandi.
Abbosning ustun taraflari
TsSKAning hamma muxlislari ham Zabolotniyning o‘yinidan mamnun emas. Anton – jangchi. Lekin uning funktsional imkoniyatlari cheklangan. Fayzullaev “ikkinchi qavat”da xuddi Zabolotniy singari samarali o‘ynay oladi, farqli jihati – o‘zbek legioneri keng front bo‘ylab hujum tashkil etishga usta.
Abbos – o‘ziga xos vinger. TsSKAda unga to‘liq erkinlik berilgan. Fayzullaev to‘pni egallash uchun maydonning yarmigacha qaytib boradi yoki to‘pni maydon markazida, ba’zan qarama qarshi qanotda qabul qilib oladi. Bu holatda ham jamoadoshlariga xalaqit qilmaydi.
O‘zbek futbolchisining tezligi katta va aynan mana shu ustunligini qo‘llab, himoyachilardan qochib ketadi. Zabolotniy bo‘y-basti katta bo‘lgani bilan bunaqa sifatlarga ega emas. Bu holatda Antonga biroz achinyapmiz ham. Endi u Fayzullaev-Chalov-Oblyakovdan tarkib topgan hujum uchligiga mos tushmay qoldi.
Rossiya Premer-ligasida Fayzullaevdek to‘p bilan muomala qiladigan o‘yinchi yo‘q. Ortiqcha qizg‘anchiqlik qilmaydi, jamoaga o‘ynaydi. Agar Abbos bir o‘zi vaziyatdan chiqishga ko‘zi etmasa, albatta, jamoadoshiga pas oshirish imkonini topadi.
Abbos jamoadagi sheriklari bilan tez til topishib ketdi. Uning “Rostov”ga urilgan goldagi ishtiroki – kosmos! O‘zbek hujumchisi Davila uzatgan to‘pni to‘xtatib o‘tirmadi va un Kellvenga to‘g‘rilab berdi. Braziliyalik futbolchining pasidan Chalov gol urdi.
Uchinchi gol ham top darajada! Fayzullaev o‘zi raqiblar kutmagan joyda ochildi. Bu uning maydonda erkin harakat qilishi samarasi. Aynan mana shu holatda raqiblar Abbosni yo‘qotib qo‘yyapti.
Ishonmaysiz, lekin bo‘yi 170 santimetr bo‘lgan o‘zbek futbolchisi bosh bilan ham yaxshi o‘ynaydi. “Baltika”ga qarshi bahsda Kellvenning uzatmasini bir urunishda boshi bilan darvozaga to‘g‘rilab qo‘ydi. Faqatgina darvozabon Latishonokning mahorati va tezkor reaktsiyasi “Baltika”ni goldan qutqardi.
Davomi bor...
Fikrlar