
Fayzullaevga Evropadan e’tibor bo‘ldi
Rossiya Premer-ligasiga ko‘chib o‘tganidan keyin eng kuchli futbolchilardan biriga aylangan Abbosbek Fayzullaevning faoliyati ko‘pchilikning diqqatini tortdi.
Muxlisu mutaxassislarning aksariyati mavsumning eng yorqin kashfiyoti sifatida e’tirof etilgan legionerimizning kelajagi qiziqtirmoqda.
Abbos Rossiya kelganidayoq asosiy maqsadi Evropaning kuchli ligalarida to‘p tepish ekanini lchiq aytgan edi. Yaqingacha, hujumkor futbolchimizning yanvarda Evropaga ketib qolishi mumkinligi keng muhokama qilanayotgan edi.
Biroq Fayzullaevning agenti Qahhor Mo‘minov mijozi mavsumni TsSKAda yakunlashi, yanvarda transfer takliflari ko‘rib chiqilmasligi, Abbos bor e’tiborini O‘zbekiston milliy terma jamoasi safida Qatarda bo‘ladigan Osiyo kubogiga qaratishi haqida bayonot berganidan keyin bu masala biroz oydinlashdi.
Shunday bo‘lsa-da, Rossiya futboli tahlilchilaridan tortib, oddiy muxlislargacha Abbosbek Fayzullaev Premer-ligada uzoq qolmasligini yaxshi biladi.
O‘z navbatida, Evropadagi ekspertlar ham Abbosbek Fayzullaevga e’tibor qarata boshladi. Yaqinda Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi hamyurtimizni yilning eng yaxshi yosh futbolchilari nominatsiyasi bo‘yicha g‘oliblikka da’vogar 26 nafar futbolchi ro‘yxatiga kiritgandi. Bu nominatsiya g‘oliblari 1 yanvar kuni aniqlanadi.
Evropadagi yana bir nufuzli manba – footmercato.net portali qit’a ligalaridagi klublar e’tibori qaratishi lozim bo‘lgan eng zo‘r yosh futbolchilar ro‘yxatini e’lon q ildi.
Ushbu nashr Rossiya Premer-ligasida muvaffaqiyatli o‘ynayotgan to‘rt futbolchiga jamoatchilik e’tiborini qaratdi. Bular TsSKAning o‘zbekistonlik hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaev, “Zenit”ning braziliyalik himoyachisi Robert Rennan, “Dinamo” hujumchisi Konstantin Tyukavin hamda “Krasnodar” himoyachisi Georgiy Arutyunyan.
Ro‘yxatga kiritilgan futbolchilarning bari mavsumning birinchi qismini yuqori darajada o‘tkazdi. Abbosbek Fayzullaev debyut mavsumida 18 ta uchrashuvda ikkita gol va to‘qqizta assist muallifi bo‘ldi. TsSKAning sentyabr, oktyabr, noyayur-dekabr oylardagi eng yaxshi o‘yinchisi bo‘ldi. Rossiya futbol jamoatchiligi Abbosni mavsum kashfiyoti sifatida e’tirof etdi.
Konstantin Tyukavin “dinamochilar” safida 23 ta uchrashuvda raqiblar darvozasini to‘qqiz marotaba ishg‘ol qilib, jamoadoshiga bitta golli pas uzatdi.
“Korintians” tarbiyalanuvchisi Robert Renan esa, hozirgacha sakkizta uchrashuvda qatnashib , himoyada mustahkam turdi. Bu futbolchi “Zenit”da uzoq ushlanib qolmasligini ta’kidlashmoqda.
Georgiy Arutyunyan esa “Krasnodar” safida to‘qqizta uchrashuvda qatnashib, himoyadagi vazifalarini bajarishdan tashqari o‘z nomiga bitta gol ham yozdirib qo‘ydi.
Eslatib o‘tamiz, 20 yoshgacha bo‘lgan futbolchilar o‘rtasida Osiyo chempioni bo‘lgan, Argentinadagi jahon chempionatida qatnashgan Abbosbek Fayzullaev kuni kecha O‘zbekistonning 2023 yildagi eng yaxshi futbolchisi sovrini bilan taqdirlandi.
Agar 20 yoshli futbolchimiz Osiyo kubogida ham o‘z darajasida o‘ynasa, unga bo‘ladigan takliflar soni keskin oshishi kutilmoqda.
Odil Ahmedov: Eto′O eski kelishmovchilik tufayli Roberto Karlosni jamoadan olib tashlagan edi...
O‘zbekistonda Evropada o‘ynay oladigan futbolchilar bor...
Shomurodov mavqeini boy berdi, terma jamoamiz esa...
Husanovning “Lans”dagi debyut mavsumi qanday baholandi?
“Spartak”ga O‘zbekistondan futbolchi olishni aytishdi!
Fayzullaevning boshqalardan ustun tomoni aytildi
Arablar Shomurodovga e’tibor qaratdi...
Shomurodov va Fayzullaevdan keyin o‘zbek futbolchilariga e’tibor qaratishni tavsiya qilishdi
Fayzullaev bo‘lmaganida ahvol yana ham og‘irlashardi!
Fayzullaevning haqiqiy mahoratini bahorda ko‘rasizlar!
Fikrlar