Fayzullaevning TsSKAdan ketish sabablari aytildi

  • 24 iyul, 16:27
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi hujumkor futbolchisi Abbosbek Fayzullaevning TsSKAdan Turkiya Superligasi vakili “Istanbul Bashakshehir”ga o‘tayotgan eng ko‘p muhokama qilinayotgan mavzulardan biriga aylandi.

Tecno

So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, istanbulliklar 21 yoshli futbolchi uchun “armiyachilar”ga 7,5 million evro to‘laydi va turli bonuslar hisobiga bu summa 10 million evrogacha ko‘tarilishi mumkin.

Fayzullaevning o‘zi “Bashakshehir” bilan 3+1 ko‘rinishida hamkorlik shartnomasini tuzgani  ma’lum qilindi. Endi Turkiya chempionatida ikki o‘zbek futbolchisi – Abbosbek Fayzullaev va Eldor Shomurodov ilk bor bir jamoa sharafini himoya qiladigan bo‘lyapti.

Rossiya futbolining aksariyat ekspertlari mamlakat Premer-ligasida Abbosbek Fayzullaevning sezilarli o‘rni borligini va uning ketishi chempionat uchun yo‘qotish ekanini ta’kidlayapti.

Sports.uz portali o‘zbek futbolchisining transferiga munosabat bildirgan yana ikki nafar ekspertning fikr-mulohazalarini o‘zbekistonlik futbol ishqibshozlari e’tiboriga havola etadi.

Maksim Tokov, TsSKA yoshlar jamoasi murabbiyi:

Nima bo‘lgan taqdirda ham Abbosbek Fayzullaev TsSKA tarkibidagi eng asosiy o‘yinchilardan biri edi. Uning ketganini sezmay qolish mumkin emas.

Bu transfer Abbosda jamoani tark etish istagi bo‘lganining oqibatidir.

Fayzullaev talantli futbolchi, u yuqori darajada o‘ynay olmadi. Eng muhimi, Turkiyada o‘ziga mos keladigan murabbiy qo‘liga tushsin.

Pavel Pogrebnyak, “Zenit” va “Spartak Moskva” jamoalari sobiq hujumchisi:

- Abbosbek – yosh, salohiyatli va maqsad sari intiladigan o‘yinchi. U katta futboldagi yurishini endi boshlayapti. Fayzullaev Rossiya futboliga etishmaydigan bo‘ldi. Shusiz ham futbolimiz yaxshi davrlarni boshdan o‘tkazayotgani yo‘q.

Fayzullaev turk chempionati orqali o‘zini ko‘rsatib, keyinroq yanada kuchli ligalarga o‘tishni maqsad qilgan.

Aleksandr Grishin, TsSKA sobiq futbolchisi:  

Avvalgi o‘yin sxemasida Fayzullaev zo‘r o‘ynab kelayotgan edi. Marko Nikolich boshqaruvida esa, unga boshqa shartlar qo‘yildi, oqibatda o‘tgan mavsum o‘zini kshrsata olmadi.

Shunga qaramay, TsSKA zo‘r ishladi. O‘yinchini cho‘qqiga chiqqanida sotib yuborish kerak, deyishadi. Abbos uchun 500 ming evro to‘lashgan edi, 7 million evro foydasiga sotish klub uchun juda zo‘r savdo.

Eslatib o‘tamiz, Abbosbek Fayzullaev 2023 yilning avgustida “Paxtakor”dan TsSKAga ko‘chib o‘tgan edi. Moskva klubi safida jami 72 ta uchrashuvda maydonga tushib, sakkizta gol va 22 ta assist muallifi bo‘ldi. 21 yoshli legionerimiz “armiyachilar” safida Rossiya chempionati bironza medali, mamlakat kubogi va Superkubogi sohibi bo‘ldi.

Tezkor: Fayzullaev TsSKAdan ketdi, keyingi manzil aniq

Yangi murabbiy Fayzullaevga qanday baho berdi?

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!