
Felish zaxiradan tushib gol urgan o‘yinda "Atletiko" ishonchli g‘alabani qo‘lga kiritdi
Ispaniya La Ligasi 25-turidan o‘rin olgan "Vilyarreal" - "Atletiko" uchrashuvi o‘z nihoyasiga etdi. O‘yinda "Atletiko" 0:2 hisobidagi g‘alabaga erishdi.
Dastlab, 25-daqiqada Alfonso Pedraza o‘z darvozasini ishg‘ol qilib qo‘ygan bo‘lsa, 69-daqiqada zaxiradan o‘yinga qo‘shilgan Joau Felish hisobni ishonchli ko‘rinishga keltirib qo‘ydi. O‘yin yakuniga qadar shu hisob o‘zgarmadi.
Shu tariqa, g‘alabaga erishgan "matraschilar" ochkolari sonini 58 taga etkazib olgan holda peshqadamligini mustahkamlab oldi. "Vilyarreal" esa 37 ochko bilan 7-o‘rinni egallab turibdi.
Fikrlar