Fellayni, Buffon va boshqalar. Siz unutgan futbolchilar hozir qaerda?

  • 19 yanvar, 2022, 19:05
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Futbol olamida taniqli futbolchilarning karerasi so‘nggida kuchsizroq chempionatlarga yo‘l olishi odatiy xol. Vaqt o‘tishi bilan, ularni muxlislar unutib yuboradi. Aksariyat insonlar esa, ko‘rinmay qolgan futbolchini butsalarini mixga ilib yuborgan deb ham o‘ylab qoladi. SPORTS.uz katta jamoalar radaridan chiqib ketgan bo‘lsa ham, faoliyatini davom ettirayotgan bir nechta futbolchilarni yodingizga soladi!

Tecno

Andres Inesta, 37 yosh ("Vissel Kobe")

Ispaniya futboli afsonasi 2018 yildan beri Yaponiyada faoliyat olib bormoqda. "Vissel Kobe" safida 89 o‘yinda ishtirok etgan Inesta 19 gol va 19 assistga mualliflik qilishga ulgurdi. 37 yoshda bo‘lishiga qaramay, u o‘zini Osiyoda juda yaxshi his etmoqda. Shartnomasi 2024 yilda yakunlanadi.
O‘tgan mavsum "Vissel Kobe" tarixidagi eng yaxshisi bo‘ldi. Klub chempionatda bronzo medallarga ega chiqdi. Andres esa, 23 o‘yinda maydonga tushib, 6 gol va yana shuncha assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.

o‘34pl3o‘4lp34o‘pl

Nani, 35 yosh ("Venetsiya")

"Manchester Yunayted"ning sobiq futbolchisi so‘nggi 3 yilni AQShda o‘tkazdi. Joriy mavsumdan boshlab, u jamoasini maydonga sardorlik bog‘ichi bilan boshlab chiqmoqda. Ortda qolgan 36 oy davomida portugaliyalik 88 o‘yinda maydonga tushdi va 31 bor raqib darvozalarini ishg‘ol etdi. Shuningdek, 18 marotaba jamoadoshlari gol kiritishi uchun imkoniyat yaratdi. 2021-yilning 31 dekabr sanasida Nanining MLS klubi bilan tuzgan shartnomasi yakuniga etgach, Italiyaning "Venetsiya" jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

Janluiji Buffon, 43 yosh ("Parma")

Ro‘yxatimizdan o‘rin egallagan yana bir Jahon chempioni! 2022 yilning yanvarida Jiji 44 yoshni qarshi oladi, biroq u hamon futbol bilan xayrlashmoqchi emas. Joriy mavsum startida Buffon karerasidagi birinchi klubi - "Parma" bilan shartnoma imzoladi. Moliyaviy muammolar sababli B Seriyadagi o‘rtamiyona jamoaga aylangan "Parma" katta ehtimol bilan Janluijining faoliyatidagi so‘nggisi bo‘ladi. Hozirda jamoa qishki tanaffusga B Seriyaning 13-o‘rinini egallagancha yo‘l oldi. Buffon esa, mavsumdagi 18 o‘yinda darvozani qo‘riqladi va 20 bor gol o‘tkazib yubordi. Shuningdek, 6 o‘yinni "quruq" o‘tkazishga muvaffaq bo‘ldi.

Buffon

Xaver Chicharito Ernandes, 33 yosh ("Los-Anjeles Geleksi")

"Real" Madrid, "Manchester Yunayted" singari jamoalar sharafini himoya qilgan meksikalik forvard ham okean ortidan qo‘nim topganlar sirasiga kiradi. Avvaliga MLSda uni ishlari yurishmadi. Birinchi mavsumda atigi 1 ta gol Chicharito darajasidagi hujumchi uchun yarashmaydigan natija. Keyingi mavsumda esa, meksikalik o‘z darajasini namoyish etdi. 21 o‘yin 17 gol! Afsuski, uning jamoasi g‘arbiy konferensiyada pley-off yo‘llanmasini qo‘lga kiritishni uddalay olmadi. So‘nggi ma’lumotlarga qaraganda, Xaver Evropaga qaytish borasida bosh qotirmoqda. Unga, shuningdek, bir nechta arab klublaridan ham takliflar bor.

Frank Riberi, 38 yosh ("Salernitana")

Bir necha oy avval ishsiz qolib ketgan frantsuz Italiyaning kamtarin jamoasi bilan shartnoma imzolaganini eshitgach, ko‘plab muxlislar hayron qolgani aniq. A Seriyada jon saqlash uchun kurash olib borayotgan jamoa Riberini tezda sardorlik bog‘ichi bilan taqdirladi. Frank 12 o‘yinda maydonga tushdi va ikkita assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma 2022 yilga qadar mo‘ljallangan. Agar qahramonimiz butsalarini mixga ilmasa, faoliyatini yana kamida 1 mavsum Italiyada davom ettirish imkoniyatiga ega.

Salernitana Riberi

Boyan Krkich, 31 yosh ("Vissel Kobe")

O‘z davrida Ispaniya futbolidagi eng iqtidorli futbolchi deb e’tirof etilganiga qaramay, Boyan o‘zidan kutilgan darajaning 10/1 ham namoyish eta olmadi. U endigina 31 yoshda, ammo transfer narxi 800 ming evroga ham etib bormaydi."Milan", "Roma", "Ayaks", "Stok Siti", "Alaves" singari jamoalar sharafini himoya qilgan futbolchi 2021 yilnng avgust oyida "Vissel Kobe" bilan shartnoma imzoladi. Afuski, bu erda ham omadsizlik uni ta’qib qilmoqda. Jarohatlar sababli Krkich allaqachon zaxira o‘rindig‘iga mixlangan. Ortda qolgan vaqt davomida u atigi bir bor gol kiritdi xolos.

Boyan Krkich

Maruan Fellayni, 34 yosh (Shandun Tayshan)

Xitoy chempionatida Maruan o‘zini juda yaxshi his etmoqda. 2019 yilda "Manchester Yunayted"ni tashlab, katta pullar ortidan chin o‘lkasiga tashrif buyurgan belgiyalik haqida xato qaror qabul qildi deb bo‘lmaydi. Boisi, u bu vaqt oralig‘ida o‘zini to‘purarlik mahoratini kashf qildi. 78 o‘yinda 31 gol! Bunday sermahsullikni u "Everton" va "Manchester Yunayted"da hech qachon namoyish etmagan. Boz ustiga, u yakunlangan mavsumda mamlakat chempionligini ham qo‘lga kiritdi, 9 yanvar sanasida esa kubok finalida to‘p suradi. Ayni damda u Xitoy birinchiligida harakat qilayotgan eng kuchli legioner maqomini olgan!

Maruan Fellayni

Lukas Podolski, 36 yosh (Gurnik)

4 ta JCh va 4 ta Evropa chempionatida ishtirok etgan Lukas 3 yil Yaponiyada, 1 yil Turkiyada to‘p surgach, o‘z ota yurti - Polshaga qaytishga qaror qildi. 6 oy avval Podolski Polshaning mahalliy "Gurnik" klubi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Bitimda tomonlar hamkorlikdan qoniqsa, uni yana 1 yilga cho‘zish mumkinligi haqida band bor. Sermahsullik borasida maqtansa arzigulik natija yo‘q. 14 bahs, 3 gol va 1 assist. "Gurnik" chempionatda 7-pog‘onada bormoqda. Polsha ligasida 18 klub bor ekanligini inobatga olsak, o‘rtamiyona "Gurnik" uchun yomon natija emas.

p34lg3p4lg

Rikardo Kuarejma, 38 yosh (Vitoriya Gimaraesh")

2016 yilda qahramonimiz Evropa chempionatining oltin medallariga ega chiqqani yodingizdami? Hozirda u Portugaliyaning o‘rtamiyona klublaridan birida kamtarona faoliyat olib bormoqda.

kwefokweofkwofk

Sizningcha, yana qaysi futbolchilar bu ro‘yxatdan o‘rin egallashi kerak edi? fikringizni izohlarda qoldiring!

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!