Fernandesh Mourinoga qarata: Faqat De Bryuyneda mendan yaxshiroq statistika bor
"Manchester Yunayted" yarim himoyachisi Brunu Fernandesh hamyurti Joze Mourinoning so‘zlariga javob berdi. Avvalroq, Joze Brununi "penaltilar evaziga statistikasini yaxshilab olgan"ini aytgandi.
"Meni bu gaplar ranjitmadi. His qildimki, men yaxshi penalti tepa olaman. Bundan boshqasi emas. Mana shu uning so‘zlaridan men olgan xulosa. Men juda pozitiv insonman.
Kimdir mening statistikalarimni penaltilar orqali yaxshilanganini aytayotgan bo‘lishi mumkin. Ammo 11 metrlik jarima zarbalarini hisobga olmaganda, faqat De Bryuyneda mendan yaxshiroq natijalar bor", - dedi Fernandesh.

Fikrlar