FIFA Osiyo terma jamoasini xalqaro musobaqalardan haydadi

  • 25.06.2026 18:14
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Xalqaro futbol federatsiyasi — FIFA mutasaddilari Osiyo mintaqasida joylashgan mamlakat —  Nepal futbol assotsiatsiyasining tashkilotdagi a'zoligini vaqtincha to'xtatdi.

Bunday qaror qabul qilinishiga Nepal futbol assotsiatsiyasiga a'zo saylash jarayonida yo'l qo'yilgan qo'pol qonunbuzarliklar sabab bo'lgan.

Shu tariqa, Nepal terma jamoalari va klublari FIFA homiyligidagi barcha xalqaro musobaqalardan chetlatildi.

Eslatib o'tamiz, 2022 yilda Rossiya jamoalari ham siyosiy sabablarga ko'ra, FIFA tasarrufidagi xalqaro turnirlardan chetlatilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!