FIFAda 2030 yilgi jahon chempionatida 64 ta jamoa ishtirok etishi muhokama qilindi

  • 24 sentabr, 16:55
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Seshanba kuni FIFA Janubiy Amerika vakillari delegatsiyasidan rasmiy taklif olganidan so‘ng, erkaklar o‘rtasidagi jahon chempionatini 2030 yilda 64 ta jamoa ishtirok etadigan turnirga aylantirish masalasini muhokama qildi.

Tecno

Guruh tarkibiga Paragvay va Urugvay davlatlari rahbarlari, shuningdek, Janubiy Amerika KONMEBOL konfederatsiyasi rahbarlari va Argentina futbol assotsiatsiyasi (AFA) rahbari kirdi.

Uchrashuv FIFAning Nyu-Yorkdagi Tramp minorasida (Trump Tower) joylashgan bosh qarorgohida FIFA prezidenti Janni Infantino va bosh kotibi Mattias Grafstrem ishtirokida bo‘lib o‘tdi.

64 ta jamoa ishtirokida turnir tashkil etish g‘oyasi birinchi marta Urugvay futbol assotsiatsiyasi prezidenti Ignasio Alonso tomonidan mart oyida bo‘lib o‘tgan FIFA kengashi yig‘ilishida taqdim etilgan. Aprel oyida KONMEBOL prezidenti Alexandro Dominges 64 ta jamoa ishtirokidagi kontseptsiya 1930 yilda Urugvayda bo‘lib o‘tgan birinchi jahon chempionatining 100 yilligiga bag‘ishlangan noyob tadbir bo‘lishini aytdi.

The Athletic nashrining yozishicha, ayni damda taklif qarama-qarshi reaktsiyalarga sabab bo‘lmoqda. Turnirni kengaytirish bo‘yicha har qanday qaror FIFA Kengashida muhokama qilinishi va ma’qullanishi kerak.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!