
Filipe Luis yangi jamoasini Amerika kubogidan so‘ng tanlaydi
"Atletiko" Madrid klubi va Braziliya terma jamoasi himoyachisi Filipe Luis yangi jamoasi haqida Amerika kubogi yakunlangach bir qarorga kelishini aytdi.
“Atletiko”da o‘tkazgan mavsumimdan to‘liq qoniqdim. Mavsum boshida UEFA Superkubogini qo‘lga kiritdik va yakunda chempionatni ikkinchi o‘rinda yakunladik. Hozir barchaga aytishim mumkinki, Amerika kubogi yakunlanmagunicha kelajagim borasida biror bir qarorga kelmayman. Men terma jamoani hurmat qilaman va musobaqa davomida klublar bilan muzokaralar o‘tkazmayman”, - deydi 33 yoshli futbolchi.
Ma’lumot uchun, Luis o‘tgan mavsum “Atletiko” safida 32ta o‘yinda ishtirok etdi va o‘z hisobiga 2ta gol hamda 3ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi.
Fikrlar