Filippo Indzagi ayni damda eng yaxshi italiyalik hujumchi kimligini aytdi
"Yuventus" va "Milan" klublari sobiq hujumchisi Filippo Indzagi "Latsio" forvardi Chiro Immobileni ayni damda Italiyaning eng yaxshi hujumchisi deb hisoblashini aytdi.
“Taqqoslash qiyin, ammo, Immobileni eng zo‘ri deb hisoblayman. U aql bovar qilmaydigan o‘yin ko‘rsatmoqda. Chiro mening sevimli hujumchim. Bunday hujumchiga ega terma jamoa ajoyib natijalar qayd etishi mumkin deb hisoblayman”, - deydi Indzagi.
Ma’lumot uchun, Immobile joriy mavsum “Latsio” safida 34 ta o‘yinda maydonga tushdi va 30 ta gol hamda 7 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Fikrlar