Finalga yo‘l olgan Masharipov G‘aniev va Omar Adulrahmon haqida gapirdi
Xabaringiz bor, Jaloliddin Masharipov harakat qilayotgan "Shabab Al-Ahli" jamoasi "Baniyas"ni mag‘lub etib, BAA prezidenti kubogi finaliga yo‘l oldi. Uchrashuvdan keyin Jaloliddin SPORTS.uz sayti uchun eksklyuziv intervyu berdi.
– Qiyin o‘yin bo‘ldi. "Baniyas" ham kuchli jamoa ekan. Sekin-asta yangi jamoamga moslasha boshladim. O‘zimning eng kuchli o‘yinlarimni ko‘rsatmoqchiman. "Shabab Al-Ahli"ning maqsadlari jiddiy. Shu sababli, eng kuchli futbolchilarni tarkibga yig‘moqda. Legioner bo‘lishni xohlardim va bunga erishdim. Endi hammasi o‘z qo‘limda.
Azizga sog‘liq tilayman. Uning jamoada o‘z o‘rni bor. G‘anievning yo‘qligi baribir sezilishi tayin. Omar Abdulrahmon hozirda yakka tartibda shug‘ullanmoqda. Ikki hafta ichida umumiy guruh mashg‘ulotlariga qo‘shiladi.
Fikrlar