
Flik “Barsa”ga uchta zo‘r hujumchi tanladi. Ular kimlar?
“Barselona” yoshi o‘tib qolayotgan Robert Levandovski o‘rnini bosadigan hujumchi qidirmoqda. 36 yoshli polshalik forvardning hali shartnomasi davom etadi, shunga qaramay, kataloniyaliklar unga o‘rinbosar topib qo‘yishga qaror qildi.
Germaniyalik bosh murabbiy Xans-Diter Flik o‘zi amalga oshirayotgan loyihani o‘z gollari bilan qo‘llab-quvvatlay oladigan futbolchilarga ko‘z tikmoqda.
“Barselona” ustozi yaqin kelajakda o‘z jamoasida quyidagi to‘purarlarni ko‘rmoqchi.
Viktor Dyokeresh;
Jonatan Devid;
Karim Adeyemi.
Bu o‘yinchilarning transferi qimmatbaho hisoblanadi. Kataloniya superklubi mutasaddilari germaniyalik murabbiy talabini bajarish uchun ancha ter to‘kishiga to‘g‘ri keladi.
Fikrlar