Flik "Rayo"ga qarshi uchrashuvdan so‘ng jamoasining o‘yinidan qoniqmaganini aytdi

  • 1 sentabr, 03:46
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Barselona" bosh murabbiyi Xans-Diter Flik La Liganing 3-turidan o‘rin olgan "Rayo Valekano"ga qarshi bahs (1:1)dan keyin jamoa o‘yini haqida fikr bildirdi.

Tecno

"Juda ko‘p xatolarga yo‘l qo‘ydik. Biz ancha yaxshi o‘ynay olamiz. "Rayo" a’lo darajada harakat qildi. Men jamoamdan mamnun emasman, ko‘p to‘p yo‘qotdik", — dedi Flik.

Murabbiy shuningdek, darvozabon Joan Garsiyaning o‘yinini alohida ta’kidladi:

"U fantastik o‘yin namoyish etdi, uning seyvlarini ko‘rish ajoyib edi".

Flik so‘zini shunday yakunladi:

"O‘yindan so‘ng futbolchilar bilan gaplashdim. Hozir ular terma jamoalarga ketishadi. Biz yanada yaxshi o‘ynashimiz kerak", - deya ta’rif berib o‘tdi germaniyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!