Floyd Meyvezer Amerika telekanalidan 340 million dollar talab qilmoqda
Beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer Amerikaning "Showtime" telekanaliga qarshi sudga da'vo arizasi bilan murojaat qildi. Bu haqida "TM3" nashri xabar bermoqda.
Ma'lumotlarga ko'ra, Meyvezer Kaliforniya sudiga "Showtime" prezidenti Stiven Espinoza yordamida sobiq maslahatchisi El Heymon tomonidan sodir etilgan moliyaviy firibgarlik qurboni bo'lganini da'vo qilgan. Prokuratura ma'lumotlariga binoan, Heymon ularning uzoq muddatli hamkorligi davomida taxminan 340 million dollarni o'zlashtirgan.
Ta'kidlash joiz, sud da'vosiga 2015 yil may oyida bo'lib o'tgan Menni Pakyaoga qarshi jang uchun to'lovning yo'qolgan qismi, shuningdek, 2017 yil avgust oyida bo'lib o'tgan Konor Makgregorga qarshi jang uchun to'lov kiritilgan.
Fikrlar