Floyd Meyvezer va Mayk Tayson oʻrtasidagi jang bekor qilindimi?

  • 06.03.2026 12:21
  • Javohir Malikov
  • 0
  • Boks

Xabaringiz bor, 59 yoshli boks afsonasi Mayk Tayson va beshta vazn toifasida sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezer oʻrtasidagi jang  25 aprel kuni Kongo Demokratik Respublikasida boʻlib oʻtishi rejalashtirilgandi.

Biroq bugun amerikalik sport jurnalisti Den Rafael ushbu toʻqnashuv 25 aprel kuni oʻtkazilmasligini maʼlum qildi.

"Tayson va Meyvezer qarama-qarshiligi haqida koʻp gapirildi. Ammo rejalaridan xabardor manbaga koʻra, bu jang aniq ushbu sanada boʻlib oʻtmaydi. U boshqa muddatga koʻchiriladi. Shuningdek, mazkur kurash Kongoda oʻtishi mumkin boʻlsa-da, aniq joy hali belgilangan", – deb yozdi Rafael ijtimoiy tarmoqda.

Gʻiyosiddin Uralov tayyorladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!