
"Forsaj" filmi qahramoniga UFC 244 turnirida qanday vazifa yuklandi?
Gollivud aktyori va restler Dueyn "Skala" Jonson yaqinda bo‘ladigan UFC 244 turniri haqida fikr bildirdi. Ma’lumki, jang kechasining asosiy voqeasi, BMF kamari uchun Xorxe Masvidal va Neyt Diaslar o‘rtasidagi to‘qnashuv bo‘ladi. Mazkur qarma-qarshilik g‘olibiga aynan Dueyn chempionlik kamarini topshirishi ko‘zda tutilgan.
"Menimcha, BMF kamari UFC brendiga qo‘shimcha nufuz bag‘ishlaydi. Bu juda aqlli va qiziqarli qaror bo‘ldi.
Ishonchim komilki, jangchilar arenani larzaga keltiradi. Men u erga borishni ortiqcha kutolmayman ”-dedi Jonson.
UFC 244 turniri 2 noyabr kuni Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadi.
Fikrlar