Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi iste’foga chiqadimi?

  • 29 iyun, 2021, 12:36
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyi “Evro-2020”dagi muvaffaqiyatsizlikdan so‘ng Dide Deshami egallab turgan lavozimidan iste’foga chiqishi mumkinligi haqidagi savolga javob berdi.

Tecno

“Men bu haqda hech qachon o‘ylamaganman, chunki bizning jamoamiz bir butun. Natija uchun men javobgarman, ammo futbolchilar meni qo‘llab-quvvatlamoqda. Va men ham ularni har doim qo‘llab-quvvatlayman. Endi his-tuyg‘ularga berilmaslik va hamma narsani tahlil qilish kerak”, - dedi Desham.

Eslatib o‘tamiz, Shveytsariyaga qarshi o‘ynagan frantsuzlar asosiy va qo‘shimcha taymlarda 3:3 hisobida durang qayd etishdi. So‘ngra penaltilar seriyasida Kilian Mbappe yo‘l qo‘ygan xato tufayli mag‘lub bo‘lishdi.

Bundan avvalroq “Real”ning sobiq bosh murabbiyi Zinedin Zidan Frantsiya terma jamoasi bosh murabbiyligiga asosiy nomzod sifatida ko‘rilayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!