
Frantsiyaning taniqli nashri: Abduqodir Husanov Frantsiyaga etib keldi
Avvalroq, 19 yoshli himoyachi Abduqodir Husanovning "Lans"ga o‘tishi borasida xabarlar tarqalgandi. "Energetik-BGU" ham bu transferni amalga oshishi mumkinligini tasdiqlagan.
"l'Equipe" nashrining ta’kidlashicha, Husanov Frantsiyaga etib kelgan va tez orada "Lans" bilan shartnoma imzolaydi.
Ma’lumot uchun, Abduqoir Husanov Frantsiya chempionatida to‘p tepgan birinchi o‘zbek futbolchisiga aylanishi mumkin.
Mish-mishlarga ko‘ra, Frantsiya klubi yana bitta himoyachini o‘z tarkibiga qo‘shib olishni maqsad qilgan. Klubni shu paytgacha Lois Openda va Seko Fofana kabi muhim futbolchilar tark etdi.
Fikrlar