
Frantsuzlar Daniyani taslim etib, keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
JCh-2022 2-turidan o‘rin olgan Daniya - Frantsiya bahsi yakuniga etdi. Mazkur bellashuvda frantsuzlar 2:1 hisobida raqibdan ustun keldi.
Dastlab, 61-daqiqada Mbappe bellashuvda hisobni ochdi. Biroz o‘tib Andreas Kristensen muvozanatni tikladi. Bellashuv yakuniga yaqin Mbappe yana gol urib, jamoasiga muhim 3 ochko taqdim etdi.
Shu tariqa, frantsuzlar hisobidagi ochkolari sonini 6 taga etkazib olgan holda, keyingi bosqichga chiqish vazifasini muddatidan oldin qo‘lga kiritdi. So‘nggi bellashuvda ular Avstraliyaga mag‘lub bo‘lmasa, o‘z kvartetini 1-o‘rin bilan yakunlaydi.
Fikrlar