Frensis Ngannu va Stipe Miochich jangi qachon bo‘lishi ma’lum bo‘ldi

  • 7 yanvar, 2021, 16:59
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • MMA
CHERY AUTO

Jurnalist Emi Kaplan og‘ir vazn toifasida UFC chempioni Stipe Miochich va Frensis Ngannu o‘rtasidagi jang aprel oyida bo‘lib o‘tishi mumkinligini ma’lum qildi.

Tecno

"Dana Uaytning ta’kidlashicha, Miochich-Ngannu jangi 17 aprelda bo‘lib o‘tadi", - deb yozgan Kaplan.

Ular avval bir marotaba to‘qnash kelib, unda Stipe hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra g‘alaba qozongan edi. Mazkur to‘qnashuv 2018 yilda bo‘lib o‘tgan. Ushbu jangdan keyin kamerunlik Ngannu kutilmaganda Derrik Lyuisga ham imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ushbu mag‘lubiyatdan to‘g‘ri xulosa qilib, ketma-ket 4 jangda Kurtis Bleyds, Keyn Velaskes, Junior Dos Santos hamda Jairzino Rozenstruyklarni mag‘lub eta oldi. Miochich esa, kamerunlikdan so‘ng, uch bora Daniel Korme bilan kuch sinashdi. Dastlabkisida nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan bo‘lsa, qolgan ikki jangda bir bora texnik nokaut va yana birida ochkolar hisobida zafar quchgan.

Aleksandr Emelyanenko yana jang qiladi

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!