Futbol agentlari APLda amalga oshirilgan eng zo‘r transferni aniqlashdi

  • 13.10.2025 22:11
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol

The Athletic nashri yozgi transfer oynasi davomida eng yaxshi transferlarni e’lon qilish so‘ralgan 20 nafar futbol agenti o‘rtasida so‘rovnoma e’lon qildi. Ularning ba’zilari bittadan ortiq o‘yinchiga ovoz berishdi.

Birinchi o‘rinni olti ovoz bilan PSJ darvozaboni Janluiji Donnarummaning "Manchester Siti"ga o‘tishi egalladi.

Ikkinchi pog‘onadan uchta ovoz bilan "Manchester Siti"dan "Everton"ga ijara asosida o‘tgan Jek Grilish joy oldi.

Ikkita ovoz bilan uchinchisi hujumchi Viktor Gyokereshning "Sporting"dan "Arsenal"ga o‘tishi bo‘ldi.

Aleksandr Isak ("Nyukasl"dan "Liverpul"ga), Joao Pedro ("Brayton"dan "Chelsi"ga), Eberechi Eze ("Kristal Pelas"dan "Arsenal"ga), Xarvi Elliott ("Liverpul"dan "Aston Villa"ga), Martin Subimendi ("Real Sosedad"dan "Arsenal"ga), Brian Mbemo ("Brentford"dan "Manchester Yunayted"ga), Kristian Moskera ("Valensiya"dan "Arsenal"ga), Jovanni Leoni ("Parma"dan "Liverpul"ga), Xavi Simons ("Leyptsig"dan "Tottenxem"), Tidjani Reynders ("Milan"dan "Manchester Siti") transferlari bittadan ovoz eg‘ishdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!