
Futbol o‘ynashni frantsiyalik go‘zallardan o‘rganing! Jamoa besh yil yutqazmadi
Frantsiyaning “Lion” ayollar jamoasi ajoyib natija sohibi bo‘ldi. Bu jamoa qizlarining 2016 yilda boshlangan mag‘lubiyatsiz seriyasi besh yil davom etdi. Frantsiya chempionatining to‘qqizinchi turida “Lion” o‘yinchilari PSJga kichik hisobda yutqazib qo‘ydi.
“Lion”ning futbolchi qizlari 2016 yilning dekabridan beri 80 ta uchrashuvda mag‘lubiyat nimaligi bilmadi. Ular shu o‘yinlarning 75 tasida raqiblarini mag‘lubiyatga uchratdi. Besh marta durang o‘ynadi.
Eng qizig‘i, bu klub vakilalari oxirgi marta aynan PSJga safar uchrashuvida ham 0:1 hisobida imkoniyatni boy bergan edi.
Fikrlar