
Futbol tarixidagi eng zo‘r hujumkor yarim himoyachilar e’lon qilindi
"Give Me Sport" mutaxassislari futbol ishqibozlari uchun navbatdagi qiziqarli reytingni taqdim etishdi. Bu safar reyting tarixdagi eng yaxshi hujumkor yarim himoyachilarga bag‘ishlangan. Reytingni tuzishda futbolchilarning erishgan yutuqlari, to‘p bilan ishlash mahorati va umumiy o‘yin qobiliyatlari hisobga olingan.
Birinchi o‘rinda afsonaviy Diego Maradona joylashgan. Eslatib o‘tamiz, Maradona 2020-yil noyabr oyida vafot etgan, ammo uning nomi hanuz futbol tarixidagi eng yorqin sahifalarda bitilgan. 1986-yilda u Argentina terma jamoasini Jahon chempionatida g‘alabaga olib kelgan.
Ikkinchi o‘rinni frantsuz futboli afsonasi Zayniddin Zidan egalladi. Zidan futbol maydonida nafaqat mahorati, balki liderlik fazilatlari bilan ham mashhur bo‘lgan. Uchinchilik esa Gollandiyaning buyuk futbolchisi Yoxan Kroyffga nasib etdi. U nafaqat o‘zining o‘yin uslubi, balki futbol falsafasiga qo‘shgan ulkan hissasi bilan ham tanilgan.
Reytingning qolgan qismini Andres Inesta, Bobbi Charlton, Mishel Platini, Rud Gullit, Kevin de Bruyne, Ziko va Mikael Laudrup kabi futbolchilar to‘ldirdi.
Fikrlar