Futbolchi mundialdagi jarohati sababli besh oyga safdan chiqdi
Kanada terma jamoasi yarim himoyachisi Ismaël Kone jahon chempionatining guruh bosqichi ikkinchi turidan o‘rin olgan Qatarga qarshi o‘yinda jiddiy jarohat oldi.
Mashhur insayder Fabrizio Romano ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 24 yoshli futbolchida oyo‘gining ikki qismi — kichik va katta boldir suyaklari singani aniqlandi. Kone jarrohlik amaliyotini boshdan kechiradi va taxminan besh oy maydonga tusha olmaydi.
Eslatib o‘tamiz, Kanada terma jamoasi ushbu uchrashuvda Qatarni yirik hisob — 6:0 bilan mag‘lub etgan edi.
Mundial mezbonlari to‘rt ochko bilan o‘z guruhida peshqadamlik qilmoqda. Guruh bosqichining so‘nggi turida Kanada 24 iyun kuni Shveytsariya terma jamoasiga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar