Futbolchimizni “Real”ga sotmoqchi emasdik!
Argentinaning “River Pleyt” ijrochi direktori Stefano di Karlo 18 yoshli iqtidorli vinger Franko Mastantuononi Madridning “Real” klubiga transferi haqida qiziqarli ma’lumotlarni berdi.
- Biz Mastantuononi sotishni rejalashtirmagan edik. “Real Madrid” mutasaddilari keldi, ular futbolchining shartnomasidagi transfer qilish bo‘yicha bandda belgilangan moddalarni ishga soldi.
Biz aslida o‘z o‘yinchimizni jamoada saqlab qolmoqchi edik, ammo futbol shunday tuzilgan, - dedi Stefano di Karlo Madrid Zone nashriga bergan intervyusida.
Eslatib o‘tamiz, “Qirollik klubi” yozgi transferlar oynasi davrida o‘ng qanot hujumchisi bo‘lgan Franko Mastantuononi 45 million evro evaziga o‘z safiga qo‘shib oldi.
Fikrlar