"Futures Cup" turniri. Ilk kunda 4 nafar bokschimiz ringga ko‘tarildi
Kuni kecha Tailandning Bangkok shahri mezbonlik qilayotgan boks bo‘yicha yoshlar o‘rtasida "Futures Cup" xalqaro turniri start oldi. Ushbu musobaqada ikki terma jamoamiz ham ishtirok etmoqda. Ilk kunda 4 nafar vakilimizning janglari rejalashtirilgan edi.
-54 kg vaznda bo‘lib o‘tgan Sabrina Chakomanova va xitoylik Vang Yaoruny ishtirokidagi bahs qizg‘in tarzda bo‘lib o‘tdi. Yakunda vakilimiz raqibasini 3:2 hisobida mag‘lub etib, keyingi bosqichga yo‘l oldi.
Abdugani Yorqinjonov ham keyingi bosqichda. Bokschimiz -50 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, armanistonlik Kirakosyan Tigrandan 5:0 hisobida ustun keldi.
-60 kg vaznda bo‘lib o‘tgan bahsda, Bobomurod Boymirzaev Gonkong bokschisi Ordonez Jefetga imkon qoldirmadi. 5:0.
So‘nggi bahsda, -70 kg vaznda Saidxo‘ja Sadillaxo‘jaev Yangi Zelandiya vakili Kollier Noani 4:1 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi.
Bu haqida O‘zbekiston boks federatsiyasi xabar bermoqda.
Fikrlar