
Futzal. BMB - Oliy liganing bu mavsumdagi chempioni! (Turnir jadvali)
BMB futzal klubi joriy mavsum Oliy liga chempionligini qo‘lga kiritdi. Jamoa chempionat yakuniga 3 ta tur qolganida g‘oliblik masalasini muddatidan oldin hal etdi.
Ayni paytda BMB hisobida 30 ta o‘yindan so‘ng 85 ochko mavjud. 2-o‘rindagi OKMK esa 76 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘lgan. Kuchli uchlikka yakun yasagan "Jizzax-Kenteks"da 75 ochko bor.
So‘nggi pog‘onani 15 ochko bilan "Navbahor" klubi band etgan.
Fikrlar