Futzal. O‘zbekiston terma jamoasi Iroqni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi

  • 19 aprel, 2024, 20:33
  • Oybek Yo’ldoshev
  • 0
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Osiyo kubogi 2-turidan o‘rin olgan Iroq - O‘zbekiston bahsi bo‘lib o‘tdi. Gollarga boy o‘tgan o‘yinda vakillarimiz 4:1 hisobida g‘alaba qozondi. 

Tecno

11-daqiqada Akbar Usmonov hisobni ochgan bo‘lsa, oradan birozdan keyin Mashrab Odilov farqni ikkitaga oshirib qo‘ydi. Elbek To‘lqinov va Sunnatulla Jo‘raevlar ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi. Bellashuv tugashiga oz qolganda o‘ynovchi darvozabon sifatida harakat qilayotgan Xaydar Majid hisobni qisqartirdi. Biroq bu gol raqiblarimizni mag‘lubiyatdan qutqarib qola olmadi.

Shu tariqa, futzalchilarimiz ikkinchi turda ham g‘alabani tanatana qildi. Navbatdagi turda Xose Venansio Lopez shogirdlari Avstraliya bilan o‘ynaydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!