Fuzaylov Tojikiston U-17 terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlandi

  • 07.07.2022 00:06
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol

Tojikiston U-17 terma jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi. Ushbu lavozimda ishlab kelgan Zayniddin Rahimov o‘rniga Rahmatillo Fuzaylov bosh murabbiy sifatida ish boshladi.

Bunga qadar Fuzaylov TsSKA, “Kuktosh”, “Istaravshan” va “Ravshan” (Zafarabod) klublarni boshqargan. Shuningdek, Tojikiston U-20 hamda U-23 terma jamoalarida bosh murabbiy yordamchisi sifatida ham ishlagan.

fuz

Ma’lumot uchun shuni aytish joizki, Rahmatillo Fuzaylov “Buxoro” klubi bosh murabbiyi Hakim Fuzaylovning ukasidir. Kichik Fuzaylov futbolchilik faoliyati mobaynida “Neftchi”, “Buxoro” va “Dinamo” klublarida to‘p surgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!