Gari Nevill: "Saliba Bayindirga qarshi qoida buzmadi"

  • 17 avgust, 23:01
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

APLning 1-turida "Manchester Yunayted" "Arsenal"ni o‘z maydonida qabul qildi. 13-daqiqada Rikkardo Kalafori hisobni ochdi — MYu darvozaboni Altay Bayindyr to‘pni ushlay olmadi. Turk darvozaboni raqib himoyachisi Vilyam Saliba unga qarshi qoida buzganini da’vo qildi. Ushbu vaziyatga esa "qizil iblislar"ning sobiq futbolchisi hisoblangan Gari Nevill o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

Tecno

“Darvozabon qattiqroq o‘ynashi kerak edi. U o‘zini turtib yuborishdi, deb bahona qildi. Oldida futbolchi bor edi, ko‘pgina kurash va to‘qnashuvlar bo‘ldi, ammo u kuchliroq bo‘lishi shart.

Menimcha, Saliba hech qanday qoida buzmadi — to‘p shunchaki Bayyndirning qo‘llari orasidan o‘tib ketdi, Kalafori esa to‘g‘ri joyda turib gol urdi”, — dedi MYuning sobiq himoyachisi Gari Nevill.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!