"Gazini bos Shoma!" Italiyaliklar O‘zbekiston o‘yinini kuzatmoqda yoxud "Jenoa" Shomurodov futbolkasiga katta miqdorda buyurtma qabul qila boshladi

  • 15 oktabr, 2020, 00:55
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

O‘zbekiston milliy terma jamoasi yig‘inining bir qismida ishtirok etgan Eldor Shomurodov “Jenoa” so‘roviga ko‘ra, muddatidan oldin ortga qaytdi. Sports.uz portali muxbirlari Italiyaga etib borgan Eldor Shomurodovdan o‘zbekistonlik muxlislar uchun intervyu berishini so‘rab murojaat qilgandi. Biroq, hujumchimiz uzr so‘ragan holda, intervyu berish uchun qoidaga ko‘ra, rahbariyatdan rasman ruxsat olishi kerakligini va hozircha, shoshmay turishni iltimos qildi.

Tecno

Shunday bo‘lsa-da, biz Eldor Shomurodov atrofidagi yangilik va voqealar haqida ma’lumot berishni davom ettiramiz.

Birinchi navbatda “Jenoa” klubining rasmiy sayti Eldor Shomurodovning nomi va 61-raqami tushirilgan futbolkalar uchun Markaziy Osiyo mamlakatlaridan buyurtmalar tushayotgani haqida xabar tarqatganini aytish joiz. Bundan tashqari, klub bu futbolkalarni genuyaliklarning elektron savdo portali orqali qo‘lga kiritish mumkinligini ham ma’lum qildi. “Jenoa” sayti Eldor mintaqaning haqiqiy yulduziga aylanganini alohida tilga olgan.

Bundan tashqari, italiyalik futbol muxlislari Eldor Shomurodov imkoniyatlari bilan yaxshiroq tanishish maqsadida O‘zbekiston milliy terma jamoasining Eronga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvini tomosha qildi va o‘yindan so‘ng, ular “Jenoa”ning yangi hujumchisi haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Italiyaliklarga Shomurodovning raqib darvozasini ishg‘ol qilgani juda ma’qul keldi.

E’tiboringizga muxlislarning fikrlarini havola etamiz.

Andrea Conti:

Gol urgani zo‘r bo‘ldi. “Jenoa” futbolchisiga aylanishi bilan to‘purarlik muhoratini tiklab oldi. Eng muhimi, gol urishni A Seriyada ham davom ettirish kerak!

Roberto Boveri:

Ajoyib! Statistikaga qarab, ayrimlar uni omadsiz transfer, degandi. O‘yiniga qarasangiz, bu futbolchining zarbasi kuchli, o‘zi tezkor ekanini ko‘rasiz. Gol uning o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshiradi.

Giampiero de Caro:

Xursand bo‘lishga biroz erta. U Osiyo mamlakatlari terma jamoalari – O‘zbekiston va Eron o‘yinida gol urdi. Rossiya chempionatida gol urolmagandi. Shunga e’tibor berish kerak.

Giacomo Sobrero:

Bizda o‘z terma jamoasida zo‘r o‘ynab, A Seriyada “yo‘qolib” qolgan futbolchilar ham ko‘p bo‘lgan.

Alessandro Di Maio

Endi Shomurodovning transferini xato, deb bo‘lmaydi. Uning goli menga umid bag‘ishlayapti!

Tommy Genoa:

Futbolchida Rossiya chempionatida o‘ynash ishtiyoqi qolmagan ekan. Bu yil Eldor chempionat miqyosida birorta gol urmadi. Lekin xalqaro maydonlarda raqiblar darvozasini ishg‘ol qilmoqda. Avvaliga Evropa Ligasida, keyin terma jamoada gol urdi.

Valerio Mita:

Shomurodov terma jamoada doim ko‘p gol urgan. Oxirgi beshta o‘yinda ettita to‘p kiritdi. Klubda bunday bo‘lmadi. Terma jamoa va klub o‘yini farq qiladi. Shomurodov Falastin, Saudiya Arabistoni, Singapur, Yaman va Eron darvozasini ishg‘ol qildi. Eldor bundan keyin ham terma jamoada sermahsul o‘yin ko‘rsatishiga ishonaman. Lekin A Seriyada bu oson bo‘lmaydi.

Matteo Lagostena:

Gazini bos “Shoma”! Biz senga ishonamiz! Pandev bizga qarilik qilyapti, uning o‘rnini egallashing kerak!

Shomurodov nega “Barsa” taklifini kutmagani, golsiz seriyasi sababi, rafiqasi va orzulari haqida gapirdi

Eldor eng zo‘r to‘purarligini isbotlay oladimi?

“Jenoa” Shomurodovni asosiy figuraga aylantiradimi?

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!