
Germaniya chempioni "Barselona"ga o‘tishdan qo‘rqyapti
Leverkuzenning "Bayer" klubi himoyachisi Jonatan Ta joriy mavsum yakunida Ispaniyaning "Barselona" klubiga o‘tish fikridan qaytdi.
Futbolchi "Barselona"dagi moliyaviy muammolar sabab Dani Olmo bilan yuz bergan voqea takrorlanishidan xavotirda. Eslatib o‘tamiz, Dani Olmo ma’lum vaqt davomida La Liga tomonidan moliyaviy cheklovlar tufayli maydonga tusha olmagan edi.
Sport.es nashrining xabariga ko‘ra, Jonatan Ta hozircha vaziyatni kuzatishga qaror qilgan va may oyigacha kutmoqchi. U klubning qarzlar bilan bog‘liq holati qanday ekanligini bilmoqchi.
Joriy mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 1 ta golli uzatma berdi.
Uning "Bayer" bilan amaldagi shartnomasi 2025-yil 30-iyungacha amal qiladi. Futbolchining transfer qiymati 30 million evro deb baholangan.
Fikrlar