Germaniya ishonqan yulduzini yo‘qotdi

  • 22.06.2026 18:15
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Germaniya terma jamoasining 26 yoshli himoyachisi Niko Shlotterbek jahon chempionatining qolgan qismini o‘tkazib yuboradi. Bu haqda Kot-d’Ivuarga qarshi o‘yinda (2:1) olgan jarohati ortidan xabar berildi.

Manbalarga ko‘ra, futbolchi qo‘shimcha tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilgan va unda tizzasidagi ichki bog‘lam uzilishi aniqlandi. Shifokorlar Shlotterbek to‘liq tiklanishini kutmoqda, biroq u joriy jahon chempionatining qolgan o‘yinlarida maydonga tusha olmaydi.

Eslatib o‘tamiz, "ChM-2026" guruh bosqichi 2-turida Kot-d’Ivuarga qarshi bahsning 13-daqiqasida Shlotterbek jarohat olgandi. Shunga qaramay, u og‘riq qoldiruvchi dori vositalari yordamida taym oxirigacha o‘yinni davom ettirdi. Tanaffusdan so‘ng uning o‘rnini Antonio Ryudiger egalladi.

"ChM-2026" guruh bosqichi 3-turida Germaniya terma jamoasi 25 iyun kuni Ekvadorga qarshi maydonga tushadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!