
Getji Habibni qanday qilib engmoqchiligini aytdi
UFC engil vazn toifasining vaqtinchalik chempionlik kamari sohibi Jastin Getji Habib Nurmagomedovga qarshi o‘tadigan jangda nimalarga e’tibor qaratishini aytib o‘tdi:
"Biz boshqa jang qilmaymiz. Menda kichik zonalar va imkoniyatlar bo‘ladi. Hammasi ulardan qanday foydalanishimga bog‘liq. Biz faqat bosh va tanaga beriladigan zarbalar haqida gapiryapmiz. Jang davomida bundan ham muhimroq bo‘lgan holat yuzaga keladi. Ikkimiz ham bir-birimizga baravar zarba yo‘llaganimizda kim o‘zini mag‘lubiyatdan saqlab qolsa, o‘sha g‘olib bo‘lishi mumkin.
Bu yigitni mag‘lub etishning boshqa chorasini ko‘rmayapman", - deydi Jastin.
Fikrlar